Afg‘oniston razvedka xizmatining AQSHda malaka oshirgan bir necha sobiq xodimlari, shuningdek, yuqori harbiy qismlari ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi safiga qo‘shilgan. The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, ular Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilgach, o‘z holiga tashlab qo‘yilgani va «Tolibon» ta’qibiga uchrayotgani tufayli shunday qilmoqda.
Qayd etilishicha, terrorchi guruhlarga qo‘shilgan qochoqlar soni nisbatan kam, ammo «Tolibon» yetakchilari, sobiq afg‘on xavfsizlik amaldorlari va qochoqlarni taniydigan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning soni ortib bormoqda.
«Shuni ta’kidlash kerakki, bu yollanganlar ISHIDga razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va urush olib borishda zarur tajriba olib keladi, bu ekstremistik tashkilotning ‘Tolibon’ hukmronligiga qarshi turish qobiliyatini kuchaytirishi mumkin», — deyiladi nashr xabarida.
Xabarlarga ko‘ra, «Tolibon» harakati sobiq hukumatda ishlaganlarning barchasiga amnistiya va’da qilgan bo‘lsa-da, aslida ularga qarshi repressiyalarni davom ettirmoqda.
AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilguncha va mamlakatda hokimiyatni «Tolibon» qo‘lga kiritguniga qadar ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi («Viloyati Xuroson») o‘zini deyarli namoyish qilmagan. Ammo Afg‘onistondagi eski xavfsizlik tizimi butunlay barbod bo‘lgani va «Tolibon» yangisini tashkil eta olmagani sababli mamlakatda teraktlar soni keskin ko‘paydi, ularning aksariyati uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi.
Xususan, 15 oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor shahrida joylashgan shialar masjidida portlash sodir etildi. Hodisa qurbonlari soni 62 kishiga yetdi. Guvohlarning aytishicha, teraktni to‘rt nafar xudkush sodir etgan. Ulardan ikki nafari masjidning old tarafidagi darvoza yonida o‘zini portlatgan, yana ikkitasi binoga kirib, ichkarida o‘zini portlatgan. Undan bir hafta oldin, 8 oktabr kuni mamlakat shimolidagi Qunduz shahrida yana bir shialar masjidida portlash yuz bergan. O‘shanda Frans-Press agentligi manbalarga tayanib, kamida 50 kishi qurbon bo‘lgani va 140 kishi yaralanganini xabar qildi. Aamaj News hodisaga oid videomateriallar, shuningdek, guvohlarning ko‘rsatmalariga tayanib, portlashda 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida yozgan.
Mamlakatda davom etayotgan portlashlar fonida «Tolibon» ISHID jiddiy xavf tug‘dirmasligini ta’kidlab, ISHID a’zolari hibsga olinayotgani va yo‘q qilinayotgani haqida xabar berdi.
Shuningdek, so‘nggi kunlarda «Tolibon» vakillari oqsoqollar vositachiligida ISHIDning o‘nlab jangarilarini o‘z tomoniga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabarlar tarqatmoqda. Masalan, 1 noyabr kuni ISHIDning 34 nafar sobiq jangarisi go‘yoki sharqiy Nangarhor viloyatida «Tolibon» safiga qo‘shilgani ma’lum qilindi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi