11:38 / 03.11.2021
1 746

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol fohishalikdan qutqarildi

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol fohishalikdan qutqarildi
Rossiyaning Moskva viloyatida 5 nafar, xususan, o‘zbekistonlik ayol fohishalikdan qutqarildi. Bu haqda «Mash» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol Rossiyaga ishlash uchun borgan. Dastlab unga ofitsiant bo‘lib ishlashi aytilgan. Ammo Tver shahriga borgandan keyin fohishalik qilishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Ayol bunga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng uning barcha hujjatlari yirtib tashlangan.

Ayol Moskva yaqinidagi yopiq «Podsolnux» kafesida majburan ushlab turilgan. U bir necha marotaba qochishga uringan. 13 oktabrda esa buning uddasidan chiqqan. Yaqin atrofdagi vokzalga borib, qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilgan. Ular ko‘ngillilar bilan birgalikda manzilga yetib borib, hammani qutqargan. Qayd etilishicha, hozirda jinoyatchilar qo‘lga olinib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik ayol fohishalikdan qutqarildi