1 593
Turkiyada Erdo‘g‘anni Twitter’da haqoratlagan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Reuters
Turkiyaning xavfsizlik bosh boshqarmasi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni haqoratlovchi xabarlarni tarqatgan 30 foydalanuvchini aniqladi. Boshqarmada ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ushbu foydalanuvchilarga qarshi ish ochilishiga ular tomonidan Erdo‘g‘anga nisbatan “o‘ldi” so‘zi qo‘llangan heshtegdan foydalanishi sabab hisoblanadi. Mutasaddi idoralar bunday turdagi xabarlarni prezidentni haqoratlashga, unga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishga, yolg‘on axborot tarqatishga qaratilgan va jinoyat kodeski ta’siri ostiga tushuvchi deb topgan.
Tergovchilar tomonidan ushbu shaxslarning aybdorligini isbotlovchi hujjatlar va dalillar to‘plangan va sud organlariga jo‘natilgan. Ularga qamoq jazosi xavf solmoqda.
Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘an o‘zi haqidagi nojo‘ya xabarlar va bayonotlarni aniqlash maqsadida advokatlari bilan ijtimoiy tarmoqlarni sinchkov monitoring qiladi. Aksariyat holatlarda Erdo‘g‘anni haddan tashqari tanqid qilishi va uning faoliyati borasidagi asossiz fikrlari uchun muxolif siyosatchilar jinoiy ta’qib qilinadi. Biroq hukumat ijtimoiy tarmoqlarda ham prezident haqida yolg‘on axborotlar tarqatilishi oldini olishga harakat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...