18:56 / 04.11.2021
1 750

Qirg‘iziston «Tolibon» hukumatini tan olishga hali tayyor emasligini bildirdi

Qirg‘iziston «Tolibon» hukumatini tan olishga hali tayyor emasligini bildirdi
Foto: «RIA Novosti»
Qirg‘iziston hukumati hozirgi bosqichda Afg‘onistondagi «Tolibon» hukumatini tan olmoqchi emas. Bu haqda Bishkekdagi Afg‘oniston muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masodiqov ma’lum qildi.

«Bugungi kunda biz tomondan ‘Tolibon’ni tan olish haqida gap yo‘q», — dedi u.

Shu bilan birga, Masodiqov «Tolibon» vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi. Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, «Tolibon»ni Afg‘onistondagi muammolar bilan yolg‘iz qoldirish noto‘g‘ri. «Ularni yakkalab qo‘yish mumkin emas», — dedi u.

Masodiqov Qirg‘iziston o‘zi boshidan kechirgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, afg‘on xalqiga har tomonlama gumanitar yordam ko‘rsatishga harakat qilayotganini alohida ta’kidladi.

23 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Afg‘onistonning amaldagi hokimiyatini tan olish masalasiga oydinlik kiritgandi.

«Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini tan olish masalasi hozir ko‘rilmayapti. Biz faqat Afg‘onistonga gumanitar yordam berish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar inqirozning oldini olish va o‘zaro hamkorlikni tiklash bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz», – dedi Furqat Siddiqov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston «Tolibon» hukumatini tan olishga hali tayyor emasligini bildirdi