1 370
Ukraina rossiyalik stendap-komik Maksim Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid deb tan oldi
Foto: smi.today
Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligi rossiyalik stendap-komik va teleboshlovchi Maksim Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Vazirlik saytida e’lon qilingan ro‘yxatda Galkinning ma’lumotlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Milliy xavfsizlikka tahdid soladigan shaxslar ro‘yxati Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) ko‘rsatmalariga muvofiq Ukraina Madaniyat vazirligi tomonidan to‘ldirib boriladi. 4 noyabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatda 259 kishi bor.
UXX Galkinni milliy xavfsizlikka tahdid deb tan olishining sababi oshkor qilinmadi. Ijodkorning o‘zi ham hozircha nima bo‘lganiga izoh bermadi.
Iyun oyida rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorov Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Uning nomi ro‘yxatda uch kun turgan, keyin UXX Ukraina Madaniyat vazirligiga Kirkorovni ro‘yxatdan olib tashlashni buyurgan. UXX ikkala qarorni ham ommaviy ravishda tasdiqlamagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...