23:23 / 06.11.2021
5 408

Afg‘on uchuvchilari Tojikiston va O‘zbekistonga olib kelgan samolyotlar soni haqida ma’lumot berildi

Afg‘on uchuvchilari Tojikiston va O‘zbekistonga olib kelgan samolyotlar soni haqida ma’lumot berildi
AQSHning rasmiy hujjatlarida Afg‘onistondan qochgan uchuvchilar haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgan, biroq ularning ba’zilari maxfiylashtirilgan.

Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon”ga o‘tishi paytida mamlakatni tark etgan uchuvchilar samolyotlarning taxminan 25 foizini olib ketishgan. Bu haqda Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha bosh inspektorning (SIGAR) har choraklik hisobotida aytiladi.

Bu samolyotlar birinchi navbatda Tojikiston va O‘zbekistonga olib ketilgan. Ma’lumki, Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlarida xizmat ko‘rsatadigan aviatsiya orasida yengil shturmchi A-29 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 vertolyotlari bo‘lgan.

Amerika rasmiysi Jon Sopko ham hujjatda Afg‘onistonda AQSH va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi fonida sodir bo‘lgan voqealarning to‘liq jarayonini oshkor etib bo‘lmasligini, chunki ma’lumotlarning bir qismi allaqachon maxfiy bo‘lganini aytgan.

Sopko, shuningdek, Afg‘onistondagi hokimiyat almashinuvi davridagi butun vaziyatni «mudofaa vazirligi va Davlat departamenti allaqachon nashr etishni taqiqlagan ma’lumotlar oshkor bo‘lsagina» ochiqlash mumkinligini ta’kidlagan.

Pentagon 2015 yildan buyon afg‘on xavfsizlik kuchlarining ahvoli, ularning umumiy kuchi va qurbonlari haqidagi ma’lumotlarga kirishni cheklagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘on uchuvchilari Tojikiston va O‘zbekistonga olib kelgan samolyotlar soni haqida ma’lumot berildi