
Litva chegara xizmati boshlig‘i Rustamas Lyubayevasning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari chegaraga qo‘shimcha harbiylar joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Litva ichki ishlar vaziri Belarusdan Polsha tomon harakatlanayotgan migrantlar oqimi sababli mamlakatning chegaradosh hududlarida favqulodda holat rejimini joriy etishni taklif qildi.
«Mazkur jiddiy vaziyatni hisobga olib, IIV favqulodda holat joriy etishni taklif qiladi», — dedi u.
Litva chegara xizmati boshlig‘i Rustamas Lyubayevasning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari chegaraga qo‘shimcha harbiylar joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak esa chegaraga 12 ming harbiy joylashtirilgani va qo‘shinlar shay holatga keltirilganini ma’lum qildi.
«BelTA» agentligining xabariga ko‘ra, migrantlarning maqsadi Polsha emas, Germaniyaga borishdir.
Avvalroq Polsha hukumati noqonuniy migrantlar Belarus tomondan chegaraga hujum qilishga tayyorlanayotganini qayd etgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing