16:00 / 10.11.2021
3 591

Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi partizan urushlari boshlangani e’lon qilindi

Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi partizan urushlari boshlangani e’lon qilindi
Foto: AFP
Afg‘oniston sharqidagi Lag‘mon viloyatida qurollangan bir guruh shaxslar «Tolibon» harakatiga qarshi kurash boshlaganini e’lon qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarning afg‘on segmentida e’lon qilgan Milliy qarshilik frontini (MQF) qo‘llab-quvvatlash borasidagi videomurojaatda aytilishicha, qurolli guruh Ahmad Mas’ud boshchiligidagi MQFga qo‘shiladi.

«Mujohidlar va huquq hamda ozodlik kurashchilari mamlakatda adolatni ta’minlash va bosqinlarga yakun yasash maqsadida Lag‘mon viloyatida partizanlik harakatlari va janglarni boshladi», — deyiladi murojaatda.

Avvalroq Kobuldagi qurolli guruh Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» harakati AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi fonida mamlakatning deyarli barcha viloyatlarini jangsiz egallab oldi. 15 avgust kuni mamlakat poytaxti Kobulni jangsiz qo‘lga kiritgan, prezident Ashraf G‘ani va uning kabineti a’zolari qochib ketgan.

Shundan so‘ng, ikki haftadan ortiq vaqt davomida toliblar taslim bo‘lmagan yagona viloyati — Panjsherni qo‘lga kiritish uchun janglar olib bordi. 6 sentabr kuni «Tolibon» vodiy egallanganini e’lon qildi. Biroq Milliy qarshilik fronti vakillari toliblar Pokiston aviatsiyasi yordamida Panjsherdagi asosiy darani egallaganini, viloyatning qolgan 23 darasi front nazorati ostida ekanini ma’lum qildi. Frontning ma’lumotlariga ko‘ra, Panjsher bilan bir vaqtda ular tomonidan Bog‘lon viloyatidagi Andarab vodiysida ham toliblarga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatilgan. Bundan oldin Parvon, Kapisa, Balx, Toxar va Badaxshon viloyatlaridagi qurolli guruhlar ham o‘zining MQFga qo‘shilgani e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi partizan urushlari boshlangani e’lon qilindi