23:48 / 10.11.2021
2 422

Afg‘onistonda ishsiz qolgan jurnalistlar ko‘chalarda meva sotmoqda

Afg‘onistonda ishsiz qolgan jurnalistlar ko‘chalarda meva sotmoqda
Foto: Videodan kadr
Afg‘onistonda ishsiz qolgan ayrim jurnalistlar endilikda Kobul ko‘chalarida meva sotishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi TOLO News.
«Ish yo‘qligi sababli ba’zi jurnalistlar Kobul ko‘chalarida chakana sotuvchi sifatida meva sotishga majbur», — deyiladi TOLO News xabarida.

Jumladan, 15 yil davomida turli ommaviy axborot vositalarida ishlagan Habib Yusufiyning aytishicha, qashshoqlik va ishsizlik tufayli u hozir Afg‘oniston poytaxti ko‘chalarida meva-cheva sotib, oilasini boqish bilan band.

Avvalroq Afg‘onistonda «Tolibon» harakati hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri jurnalistlarga nisbatan 30 dan ortiq zo‘ravonlik holati qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 90 foiz hollarda jurnalistlar «Tolibon» tazyiqiga uchragan.

15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Tolibon» hukmronligi davrida jurnalistlar hodisalarni tanqid qilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, BMT avgustda Afg‘onistonning «Tolibon» tomonidan egallab olingan hududlarida ayollar, huquq himoyachilari va jurnalistlarning ommaviy o‘ldirilishi holatlari haqida ma’lum qilgandi.

Avgust oxirida afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgandi. Shuningdek, TOLO axborot tarmog‘ining boshlovchisi, «Tolibon»ning yuqori martabali vakilidan intervyu olgan afg‘onistonlik jurnalist ayol Bexeshta Argxand «Tolibon»dan qo‘rqib, mamlakatdan qochib ketgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda ishsiz qolgan jurnalistlar ko‘chalarda meva sotmoqda