Foto: «News.day.az»
Toliblar Afg‘onistonda «shariatga amal qilinishini ta’minlash», «diniy qoidalarni bajarish» va «ijtimoiy islohotlar» bilan shug‘ullanuvchi harbiy tribunalni tuzdi. Bu haqda «Tolibon» vakilining o‘rinbosari Imonulla Samanganiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Tolibon» yetakchisi Haybatulla Ohunzoda tribunalga rais va ikki nafar sudya tayinlangan.
«Harbiy tribunal eshitish, qayta ko‘rib chiqish va shariat hukmlari asosida xavfsizlikning uch organi — Oliy yetakchi tomonidan tasdiqlanadigan Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari va Razvedka bosh boshqarmasi a’zolari hamda mansabdorlariga nisbatan hukm chiqarish huquqiga ega», — deydi Samangani.
Avvalroq harakat rahbari Haybatulla Ohunzoda «Tolibon» muvaqqat hukumati shariat qonunlarini qo‘llab-quvvatlashi, inson huquqlarini himoya qilishi va xorijiy sarmoyalar uchun imkoniyat yaratishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni «Tolibon» harakati Afg‘oniston hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi. Zabihulla Mujohid Vazirlar Mahkamasining a’zolari ro‘yxatini ommaga taqdim qilgan, uning o‘zi hukumatda madaniyat va axborot vaziri lavozimini egalladi.
Qayd etilishicha, Muhammad Hasan Ohund «Tolibon» tuzgan yangi hukumatning rahbari bo‘ladi. Ohund «Tolibon» yetakchilarining rahbari hisoblanardi va avvalgi AQSH homiyligidagi hukumat qo‘shiniga qarshi urushda guruhni boshqargan. Qandahorlik yetakchi «Tolibon» asoschilaridan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi