date
views 1 788

Dipika Padukone Levi’s brendi bilan hamkorlikda liboslar kolleksiyasini taqdim qildi

Dipika Padukone Levi’s brendi bilan hamkorlikda liboslar kolleksiyasini taqdim qildi
Foto: Elle
Levi’s brendi hind aktrisasi Dipika Padukone bilan hamkorlik qildi.

Kollaboratsiya asosida taqdim qilingan kolleksiyada brendga xos klassika va aktrisa ma’qul biladigan uslub umumlashmasini ko‘rish mumkin. Undan sport uslubidagi kiyimlar, sun’iy charmdan ishlangan shim va oversize uslubidagi koftalar o‘rin olgan.

Foto: Elle
Shuningdek, to‘plamdan preppi uslubidagi uzun kurtka, sport kostyumi, toplar, djinsi kombinezon va 70 yillarga xos djinsi shimlar o‘rin olgan.

Foto: Elle
Djinsidan tikilgan kurtka bilan keng bichimli koftalarni moslab, o‘ziga xos uslub yaratish, shuningdek, organzadan ishlangan top, futbolka va xudi bilan noodatiy obraz yaratish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dipika Padukone Levi’s brendi bilan hamkorlikda liboslar kolleksiyasini taqdim qildi