
Foto: AFP/Getty Images
Misrning janubidagi Asvan kurort shahriga chayonlar yopirilishidan yuzlab odamlar jabr ko‘rdi. Zaharli hasharotlar chaqishidan 3 kishi vafot etgan, 450 ga yaqin odam jabrlangan.
12 noyabrda Asvan viloyatida yog‘gan kuchli yomg‘ir va do‘l chayonlarni ularni doimiy yashash joyi - tog‘ va cho‘l hududlardagi inlaridan shaharlar tomon yo‘naltirgan. Ta’kidlanishicha, bunday ob-havo ushbu hudud uchun noodatiy hisoblanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligida ma’lum qilinishicha, chayon zahariga qarshi vositalarning qo‘shimcha dozalari viloyatdagi shahar va qishloqlar tibbiy markazlariga yuborilgan.
Hukumat aholini va dam oluvchilarni uylarida va mehmonxonalarda qolishga hamda ogoh bo‘lishga chaqirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misrda eng xavfli chayonlardan ikki turi yashaydi. Ulardan biri – qora chayon chaqishi oqibatida odam bir soatga bormay o‘lishi mumkin. Chayon chaqishi bolalar va keksalar uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar