Rim papasi Fansisk cherkovlardagi jinsiy tajovuzlarni oshkor qilishga qo‘shgan hissasi uchun jurnalistlarga minnatdorchilik bildirdi, deya xabar beradi «Yevronyus».
Vatikanda uzoq yillar ishlagan ikki jurnalist uchun o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zlagan papa Fransisk jurnalistlik kasbini maqtadi. «Cherkovda nima noto‘g‘ri ekanligini bizga aytdingiz, ular gilamning tagiga supurib tashlanishiga to‘sqinlik qilishga ko‘maklashganingiz va qurbonlarning ovozi bo‘lganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman», – dedi katoliklar yetakchisi.
Cherkovdagi pedofiliya holatlari haqida ilk bor AQSHning The Boston Globe gazetasi 2002 yilda yozib chiqqan edi. Gazetada bosilgan maqolalarda zo‘ravonlikka uchragan bolalar haqida hikoya qilindi va cherkov rahbariyati jinsiy tajovuzlarni ko‘rmaganlikka olib kelgani ta’kidlandi.
Shundan keyin pedofiliya holatlari boshqa mamlakatlardagi cherkovlarda ham tarqalgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, joriy yil oktabrida Fransiyada e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, mamlakatdagi cherkovlarda 70 yil ichida 200 mingdan ziyod bola jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?