Foto: EPA
«Tolibon» Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining asosi joylashgan Panjsher viloyati bilan quruqlik aloqalarini uzdi va Afg‘oniston Islom Amirligining harbiy yoki fuqarolik xizmatida bo‘lmagan odamlarni viloyatga kiritishni taqiqladi. Bu haqda «Tolibon» hukumati qaroriga tayanib, «Sputnik Afganiston» xabar berdi.
Qarorning rasmiy sababi sifatida viloyat xavfsizligini ta’minlashda samaradorlikni oshirish aytilgan. Vazirlik va idoralarga mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi lavozimlarga o‘zlarining ishonchli vakillarini tayinlash topshirilgan.
«Tolibon», shuningdek, viloyatga qaytgan panjsherliklar o‘rtasida gumanitar yordam tarqatish rejasini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi. Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi hamda Qochoqlar ishi bo‘yicha vazirlik vakillariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Afg‘oniston poytaxti Kobul «Tolibon» qo‘liga o‘tganidan so‘ng Milliy qarshilik fronti avgust oyi o‘rtalarida Panjsher viloyatida turib toliblarga qarshi kurashgan. Qo‘zg‘olonchilarga afsonaviy Panjsher arsloni Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud va Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulloh Saloh rahbarlik qilgan. Sentabr oyida «Tolibon» Panjsherdagi qarshilik frontini mag‘lub etdi, shundan so‘ng isyonchilar partizan urushiga o‘tdi.
1 noyabr kuni Panjsher viloyati gubernatorining sobiq o‘rinbosari Kabir Vasik Milliy qarshilik fronti Afg‘onistonni egallab olgan toliblarga qarshi kurashni qaytadan boshlashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Viloyatning katta qismini «Tolibon» nazorat qilayotgan bo‘lsa-da, Vasikning aytishicha, qarshilik fronti vakillari baland tog‘larni o‘z qo‘liga olgan va boshqa bir qancha viloyatlarda ham mavjud. Vasik Ahmad Mas’udning o‘zi ayni damda Tojikistonda ekanini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi