20:00 / 19.11.2021
10 246

Bolgariya harbiy prokuraturasi bir guruh harbiylarni Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybladi

Bolgariya harbiy prokuraturasi bir guruh harbiylarni Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybladi
Foto: «Dir.bg»
Bolgariya harbiy prokuraturasi olti nafar amaldagi va iste’fodagi harbiy xizmatchini Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybladi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Harbiy sudga yo‘llangan ayblovda ta’kidlanishicha, ishga aloqador shaxslar maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish va xorij davlatiga topshirish bilan shug‘ullangan.

Ayblanganlar orasida Harbiy razvedka xizmatining sobiq yuqori martabali amaldori, Mudofaa vazirligining sobiq yuqori martabali amaldori, shuningdek, Bolgariya parlamentida maxfiy ma’lumotlarni nazorat qilgan sobiq harbiy attashe bor.

Prokuraturadagilarning hisoblashicha, «Moskvadagi razvedka maktabini bitirib, Rossiya GRUsini ko‘rgan» bolgar razvedkasining sobiq xodimi guruh rahbari bo‘lgan. Bolgariyaga qaytgach u NATO va Yevropa Ittifoqiga bog‘liq maxfiy ma’lumotdan foydalanish huquqiga ega agentlar tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha topshiriq olgan. Shu bilan birga, uning Bolgariya va Rossiya fuqaroligiga ega rafiqasi hujjatlarni Rossiyaning Sofiyadagi elchixonasiga topshirib kelgan.

Hozirda ishga aloqador shaxslarning ismi oshkor etilmayapti. Agarda ular aybdor deb topilsa, 10 yildan umrbod qamoq jazosigacha mahkum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Bolgariyada ikki nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib, Rossiyaga qaytarib yuborilgandi. Sofiyadagi Rossiya elchixonasi Bolgariya hukumatining navbatdagi asoslanmagan harakati Rossiya—Bolgariya o‘rtasidagi konstruktiv muloqotga xizmat qilmasligini qayd etgan. Elchixona Rossiya mazkur harakatlarga nisbatan javob qaytarish huquqiga ega ekanligini eslatib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolgariya harbiy prokuraturasi bir guruh harbiylarni Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybladi