
Foto: «Elenapyyhtia.blogspot.com»
Avstraliya mudofaa vazirligi Afg‘onistonda mahbusning maxsus kuchlar tomonidan o‘ldirilishi ehtimolini tekshirmoqda. Bu haqda Amerikaning ABC telekanaliga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Hodisa 2012 yilda sodir bo‘lgan. Avstraliyalik maxsus kuchlar qamoqxonaga olib ketayotgan vertolyotda bo‘sh joy yetmagani bois asirga olingan afg‘onni otib tashlashgan.
Vertolyot ekipaji boshlig‘i jurnalistlarga ma’lum qilishicha, avstraliyalik harbiylar bortga yetti nafar harbiy asirni olmoqchi bo‘lishgan, biroq atigi oltita joy qolgan edi.
Avval atrof jimjit bo‘lib qoldi, so‘ng o‘q ovozi yangradi. Shundan keyin avstraliyaliklar: «Ok, bizda bor-yo‘g‘i oltita asir bor», deb aytishdi.
«Ular endigina ushlanib, bog‘langan afg‘onni shunchaki o‘ldirishgandi», — dedi amerikalik harbiy xizmatchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar