5 313
Kreml AQSHning 2024 yildan keyin Putinni prezident sifatida tan olmaslik haqidagi taklifini kulgili deb atadi
Foto: «TASS»
AQSH kongressmenlari zamonaviy xalqaro munosabatlar doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan «misli ko‘rilmagan» qonunchilik faoliyatini amalga oshirmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. U AQSH Kongressiga Vladimir Putin 2024 yilda vakolat muddati tugaganidan keyin navbatdagi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etsa, uni Rossiya prezidenti sifatida tan olmaslikni taklif etadigan rezolyutsiya loyihasiga shu tariqa izoh berdi.
«Har safar bizga okeanning narigi tomonidan yanada bema’niroq, yanada tajovuzkor, do‘stona va konstruktiv bo‘lmagan biror narsa kelmaydigandek tuyuladi. Va har safar biz xato qilamiz. Afsuski, keladi», — dedi Peskov.
Bu AQSH boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashayotganining isboti, deya davom etdi u. «Biz kongressmenlarning bunday tashabbuslarini nomaqbul deb bilamiz, buni bizning ishlarimizga aralashish deb hisoblaymiz va Rossiya Federatsiyasi prezidenti kim va qachon bo‘lishi kerakligini faqat rossiyaliklar belgilashiga aminmiz. Bunga dunyoning hech bir davlati, hech bir davlat parlamentariylari e’tiroz bildira olmaydi», — dedi u.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Davlat Dumasi deputatlari bu taklifga munosabat bildirmay qo‘ymaydi.
Rezolyutsiya loyihasi sal avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasining ikki a’zosi Stiven Koen va Jo Uilson tomonidan Kongressga taqdim etilgan. Ular Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, prezident Putinning vakolatlarini «nolga» tushirib, unga qayta saylanish imkonini beruvchi o‘zgartirishlar noqonuniy ekanini ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, ularning fikricha, agar Putin yana saylovda qatnashsa va g‘alaba qozonsa, AQSH uni prezident sifatida tan olmasligi kerak. Ular 2020 yilning iyun-iyul oylarida o‘zgartirishlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani va unda mustaqil kuzatuvchilar bo‘lmagani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Agar rezolyutsiya qabul qilinsa, tavsiya xarakteriga ega bo‘ladi.
Federatsiya Kengashining Xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning aytishicha, agar rezolyutsiya qabul qilinsa, bu Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Federatsiya Kengashi spikeri o‘rinbosari Konstantin Kosachev Koen va Uilsonning tashabbusini Rossiyadagi prezidentlik saylovlariga va davlat ichki ishlariga aralashish deb hisobladi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, bu «ikki tomonlama munosabatlarda barpo etilayotgan normallashuvini buzishga qaratilgan provokatsiya». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi