Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge Yevropada COVID-19 tufayli yarim million kishi halok bo‘lishini ehtimolini aytdi. Uning VVSga aytishicha, agar davlatlar cheklovlarni kuchaytirmasa, qishda 500 mingga yaqin odam halok bo‘lishi mumkin.
JSST Yevropada koronavirus tarqalishining ortib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun mutaxassislar hali emlanmagan har bir kishiga niqob taqishni va aholini emlash ishlarini davom ettirishni tavsiya qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada COVID-19ning navbatdagi to‘lqini sovuq havoning yaqinlashib kelayotgani, bir qator mamlakatlarda emlash darajasi pastligi va ko‘proq yuqumli shtammlarning paydo bo‘lishi tufayli kuzatilmoqda.
Klyuge, shuningdek, majburiy emlash bo‘yicha qonunchilik va jamoatchilik muhokamasi o‘tkazishga chaqirgan.
«Majburiy emlashga murojaat qilishdan oldin, siz boshqa vositalarni ko‘rishingiz kerak, masalan, erkinlikni umuman cheklamaydigan, aksincha, uni saqlab qolishga yordam beradigan yo‘llarni», — deya xulosa qilgan u.
19 noyabr kuni AQSHda koronavirus infeksiyasining eng erta holatini aniqlagan tadqiqot nashr etildi. Hisobotda birinchi bemor sifatida Xitoyning Uxan shahridagi baliq bozorida ishlovchi sotuvchi ayol ko‘rsatilgan. Arizona universitetining Ekologiya va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri, doktor Maykl Varobayning aytishicha, u 2019 yil 11 dekabrda infeksiyani yuqtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi