
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning «Globogate Recruiting GmbH» tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.
Nomzodlar uchun talablar:
- 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- kasalxonada bemorlarni davolagan va tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo‘lishi;
- bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi.
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Toshkent shahrida bepul turur joy;
- o‘quv xonasi;
- oylik stipendiya.
Shuningdek, «Globogate Recruiting GmbH» quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
- nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
- o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 66, 88) yoki 1282 qisqa raqami. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar