19:00 / 23.11.2021
4 436

Maradona yuraksiz dafn etilgani aytildi

Maradona yuraksiz dafn etilgani aytildi
Shifokor, yozuvchi va jurnalist Nelson Kastro Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradona yuraksiz dafn etilganini xabar qildi.

«Maradonaning yuragini sug‘urib olishga tayyor bo‘lgan ‘Ximnasiya La-Plata’ jamoasining radikal muxlislari bor edi. Biroq bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi, ularning maqsadi ma’lum va bu ish sodir bo‘lmasligi uchun uning yuragi dafn qilishdan avval olib qo‘yiladi.

Yana boshqa bir sababi — uni o‘rganish kerak edi. O‘lim sababini aniqlash uchun ham yurak muhim bo‘lgan.

Afsuski, Maradona o‘zini abgor qiladigan hamma zararli odatlarga qaram edi, agar boshqasi bo‘lganda allaqachon vafot etgan bo‘lardi. Diyego hayratlanarli darajada chidamli tanaga ega bo‘lgan. Muammo shundaki, u hech qachon barcha salbiy illatlaridan xalos bo‘lishni xohlamasdi.

Maradonaning yuragi yarim kilogramm chiqardi. Odatda, inson yuragi 300 grammni tashkil etadi. Uning yuragi boshqalarnikidan kattaroq edi, sportchilarda yurak kattaroq bo‘ladi, biroq sabab faqat bu jihatda emas. Hamma gap undagi yurak yetishmovchiligi kasalligida edi
» — degan Kastro.

Argentinalik afsona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan. Clarin tadqiqotlariga ko‘ra, Maradonada surunkali yurak yetishmovchiligi muammosi bo‘lgan.

Shifokorlar uning yuragidan kengaygan kardiomiyopatiyani aniqlagan. Bu esa yurak bo‘lmalarining kengayishiga sabab bo‘ladigan patalogiya hisoblanadi. Maradonaning yuragi odatdagi yuraklardan ikki baravar katta bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maradona yuraksiz dafn etilgani aytildi