Foto: MrBeast/Youtube
YouTube platformasida 78,2 million obunachiga ega bo‘lgan bloger Jimmi Donaldson (MrBeast) Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialini sahnalashtirdi. Loyiha davomida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi The New York Post.
Donaldson tashkil etgan o‘yinda 456 ishtirokchi 456 ming dollarlik yutuq uchun bellashdi. Serialni qayta jonlantirish blogerga 3,5 million dollarga tushdi, buning 2 millioni dekoratsiya va 1,5 millioni yutuqlar uchun sarflandi.
G‘olibga bosh yutuq nasib etgan bo‘lsa, har bir o‘yinchiga ikki ming dollardan va ikkinchi o‘rinni olgan ishtirokchiga o‘n ming dollar berildi.
Musobaqa serialdagi o‘yinlar asosida o‘tkazildi. Qayd etilishicha, mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilar “yo‘q qilinmadi”, balki o‘yindan chiqib ketdi.
Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali omon qolish haqida bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi