«Tolibon» tomonidan tuzilgan Afg‘oniston hukumatining Bosh vaziri o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Kabir Kobulning Anqaraning yordamiga muhtojligini aytdi. Bu haqda «Tolibon» vakili Turkiyaning Kobuldagi elchisi Jihod Erginay bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
Abdul Kabirning so‘zlariga ko‘ra, Kobul Anqaradan Afg‘oniston iqtisodiyotiga faol sarmoya kiritishini kutmoqda. “Mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq yillardan buyon do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan va bu quvonarli. Turkiya muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligining (TİKA) Afg‘onistondagi faoliyatini yuqori baholaymiz”, degan u.
Abdul Kabir Afg‘onistondagi ayollar ahvoliga ham e’tibor qaratib, afg‘on ayollari ko‘plab sohalarda ishlashda davom etayotganligi va qizlar 2022-o‘quv yilidanoq maktabda o‘qishga kirishishini bildirgan.
Turk diplomati, o‘z navbatida, Anqara Turk Qizil yarim oy jamiyati va turli nodavlat tashkilotlari orqali Afg‘onistondagi muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatayotganini eslatgan.
Elchi TİKAning Afg‘onistondagi faoliyati haqida ham ma’lumot berib, Turkiyaning Qishloq xo‘jaligi vazirligini urug‘lik bug‘doy bilan ta’minlaganligini eslatdi. «Turk ishbilarmonlari Afg‘onistonga sarmoya kiritmoqchi va bir guruh tadbirkorlar yaqin haftalarda Kobulga kelishi rejalashtirilgan», — degan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»