Foto: Balkis Press
Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Hasan Oxund xalqaro yordam va AQSHda muzlatib qo‘yilgan 10 milliard dollarga yaqin mablag‘dan foydalanish imkoniyatini so‘radi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
«Tolibon» vakili xalqaro xayriya tashkilotlarini «yordamni rad etmaslikka» chaqirdi, chunki mamlakat ommaviy ochlik tahdidiga qarshi kurashmoqda. Bu Oxundning Afg‘onistonda hokimiyatga kelganidan keyin birinchi televizion chiqishi. AQSH bilan Dohada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan yo‘llayotgan ushbu murojaatda u hukumat boshqa davlatlarning ichki ishlariga «aralashmaydi» deb va’da berdi.
«Imkon qadar xalqning muammolarini hal qilishga harakat qilyapmiz, barcha departamentlarda ortig‘i bilan ishlayapmiz», — deydi Oxund. U Afg‘onistondagi ocharchilik, ishsizlik va moliyaviy inqirozni AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan avvalgi hukumatga bog‘ladi.
«Xalq, hushyor bo‘ling. Oldingi hukumatdan qolib, yashirinib yurganlar xavotir uyg‘otmoqda, xalqni noto‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqda, o‘z hukumatiga ishonmaslikka majbur qilmoqda», — deydi Oxund.
Bosh vazirning aytishicha, uning hukumati u «dunyodagi eng zaif tizim» deb biladigan korrupsiya muammosini hal qilgan. Shuningdek, hukumat bir necha oydan beri maoshini olmagan minglab davlat xizmatchilariga qanday qilib pul to‘lash ustida ishlamoqda, dedi u.
«Xalqning muammolari hal etilishi uchun biz barcha xalqaro xayriya tashkilotlaridan ko‘makni rad etmasliklarini va holdan toygan xalqimizga yordam berishlarini so‘raymiz», — dedi Hasan Oxunda o‘z nutqida.
U, shuningdek, AQSHni afg‘on mablag‘larining 10 milliard dollarini blokdan chiqarishga chaqirdi. AQSHda mazkur mablag‘lar avgust oyi o‘rtalarida «Tolibon» oldingi ma’muriyat ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng muzlatib qo‘yilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»