Qirg‘iziston prezidenti parlament saylovlarida hibsda saqlanayotgan nomzod uchun ovoz berdi

Dunyo1 daqiqa o'qish2K
Qirg‘iziston prezidenti parlament saylovlarida hibsda saqlanayotgan nomzod uchun ovoz berdi
Foto: Akipress
Ravshan Jeenbekov o‘tgan yil kuzida ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga aloqadorlikda gumonlanib davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanmoqda. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov parlament saylovlarida hibsda saqlanayotgan Ravshan Jeenbekov nomzodiga ovoz berganini aytdi.

“Ha, men qo‘lga olingan nomzod Ravshan Jeenbekovga ovoz berdim. U hozirda hibsda. Uning aybdorligi yoki aybdormasligini sud hal qiladi”, – deb yozdi u Facebook sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlarning ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.

“Ravshan Jeenbekov men 2017 yilda qamoqda o‘tirganim singari hibsda. Men ham 2017 yildagi prezident saylovida qatnashish uchun ariza bergandim. Ammo Atamboyev o‘sha saylovda qatnashishimga yo‘l qo‘ymagan. Ravshan ham saylovda qatnashmoqda. Menda agar u saylovda g‘olib chiqsa, ozodlikka chiqariladi degan fikr paydo bo‘ldi. Boshqa sir yo‘q. Xudo hammasini ko‘rib turibdi”, – deya izoh berdi Japarov.

Jeenbekov o‘tgan yil kuzida ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga aloqadorlikda gumonlanib davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti partiya: “Ata-Jurt Kirgizstan”, “Ishenim” “Intimak”, “Iyman Nuru”, “Alyans” va “Butun Kirgizstan” partiyalari parlamentdan o‘rin olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?