«Tolibon» Qrim to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Foto: Rostislav Juravlyov/Octagon.Media
«Tolibon» harakati Qrimda yashayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z ovozi bor, dedi harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid «Oktagon» nashriga bergan intervyusida.
«Qrim masalasida aytmoqchimanki, bu Ukraina va Moskvaning ishi. Bu muammo tez vaqtda yechiladi deb umid qilamiz. U tufayli mintaqada urush boshlanishi va boshqa mamlakatlar bundan o‘z maqsadlarida foydalanishidan Xudo saqlasin», — deya qo‘shimcha qildi Mujohid.
Harakat vakili Qrimning Rossiya hududi deb tan olinishi borasida agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bo‘lishni istasa, «Tolibon» ham bunga qo‘shilishini aytdi.
Oktabrda Kreml vakili Dmitriy Peskov toliblarni Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati deb atagandi.
«Toliblar yuridik jihatdan tan olinmagan, ammo amalda Afg‘oniston rahbariyati hisoblanadi», — degandi u.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Tolibon» harakati Qrimda yashayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z ovozi bor, dedi harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid «Oktagon» nashriga bergan intervyusida.
«Qrim masalasida aytmoqchimanki, bu Ukraina va Moskvaning ishi. Bu muammo tez vaqtda yechiladi deb umid qilamiz. U tufayli mintaqada urush boshlanishi va boshqa mamlakatlar bundan o‘z maqsadlarida foydalanishidan Xudo saqlasin», — deya qo‘shimcha qildi Mujohid.
Harakat vakili Qrimning Rossiya hududi deb tan olinishi borasida agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bo‘lishni istasa, «Tolibon» ham bunga qo‘shilishini aytdi.
Oktabrda Kreml vakili Dmitriy Peskov toliblarni Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati deb atagandi.
«Toliblar yuridik jihatdan tan olinmagan, ammo amalda Afg‘oniston rahbariyati hisoblanadi», — degandi u.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…