
Foto: The Sandbox
The Sandbox metakoinotida videoo‘yin uchun yaratilgan virtual yaxta 650 ming dollarga sotildi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
Metaflower Super Mega Yacht nomli virtual kema NFT-tokenga o‘tkazilib, The Sandbox uchun rekord narxga — 149 efirga (650 ming dollar) sotildi.
“Hashamatli” yaxta 2ta vertolyot uchish-qo‘nish maydonchasi, jakuzi va boshqa qulayliklar bilan jihozlangan.
Yaxtani sotib olgan shaxs The Fantasy Marina virtual prichallaridan foydalanish huquqini ham qo‘lga kiritgan.
The Sandbox virtual olam bo‘lib, unda ishtirokchilar turli o‘yin kontenti yoki virtual tajribalarni yaratish, sotish va daromad olish imkoniga egalar. Bunda savdo ob’ekti NFT-tokenlar hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar