00:33 / 03.12.2021
3 032

Bayden Trampning migrantlar to‘g‘risidagi qonunini qayta tiklaydi

Bayden Trampning migrantlar to‘g‘risidagi qonunini qayta tiklaydi
Foto: Paul Ratje/AFP/Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati sobiq davlat rahbari Donald Trampning «Meksikada qoling» deb norasmiy nom olgan immigratsion dasturi amal qilishini tiklaydi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, kelasi haftada AQSH va Meksika hukumati o‘rtasida kelishuv imzolanganidan so‘ng migrantlarni himoya qilish to‘g‘risidagi protokol yana ishga tushadi.

«Meksikada qoling» dasturi Bayden hokimiyatga kelganidan so‘ng bekor qilingandi. Unda AQSHdan boshpana so‘raganlar Meksikada ushbu so‘rov bo‘yicha sud qarori chiqquniga qadar kutishlari ko‘zda tutilgan.

Turli huquqni himoya qilish tashkilotlarining fikricha, bu migrantlar hayotiga xavf tug‘dirgan.

Mazkur dasturning qayta tiklanishi mamlakat oliy sudi Bayden ma’muriyati dasturni bekor qilishi noqonuniyligini bildirgan Texas shtati federal sudyasining tarafini olgani bilan bog‘liq. Oq uy sud qaroriga qarshilik ko‘rsatishga urindi, ammo yakunda yutqazdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Trampning migrantlar to‘g‘risidagi qonunini qayta tiklaydi