10:15 / 04.12.2021
2 548

Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Foto: Kommersant’
Moskva shahrida o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.

TASS’ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi xabariga ko‘ra, Moskva markazidagi Mashkov ko‘chasidagi uy hovlisida yuz bergan janjalning 11 nafar ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Ularning barchasi Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan muhojirlar bo‘lib chiqdi.

«Kecha kommunal xizmatchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuvdan so‘ng 11 kishi qo‘lga olindi: 7 nafari Qirg‘iziston fuqarosi va 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi. O‘zaro janjal davomida uch kishi jarohatlangan. Qo‘lga olinganlarga mayda bezorilik uchun bayonnomalar rasmiylashtirildi. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi», deya ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.

Qayd etilishicha, bir brigadaga birlashgan qirg‘izistonliklar uy hovlisini qordan tozalayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda o‘zbekistonlik migrantlar uy tomini qordan tozalagan. Mojaro tomdan tushirib yuborilgan qor hovlining tozalangan qismiga tushishi bilan boshlangan.

Moskvada prokuraturasi kommunal xizmatchilar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha holatni tekshirishga kirishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi