00:02 / 06.12.2021
3 581

Omikron shtammida inson DNK qismi topildi

Omikron shtammida inson DNK qismi topildi
Nference kompaniyasi (ma’lumotlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi) Omikron koronavirus shtammi inson genomida umumiy shamollashni keltirib chiqaruvchi virusning genetik kodida mavjud mutatsiyalardan birini (nukleotidlar ketma-ketligini biriktirish orqali) olganligini aniqladi. Tadqiqot OSF Preprints veb-saytida chop etilgan.

Omikron ushbu fragmentni o‘z ichiga olgan holda ko‘proq odamga moslashadi va bu unga immunitet tizimi hujumlaridan qochish imkonini beradi, deyiladi xabarda. Shu bilan birga, fragment koronavirusning avvalgi variantlarida (shtammlarida) topilmagani ko‘rsatilgan.

Avvalroq rossiyalik tibbiyot fanlari doktori Dmitriy Yedelev insonlarga koronavirusning «omikron» shtammidan himoya qilish yo‘lini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammni yuqtirmaslikning samarali usuli bor — «Sputnik» V vaksinasi bilan emlanish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Omikron shtammida inson DNK qismi topildi