3 109
«Tolibon» qo‘shni davlatlarga olib qochib ketilgan bir necha samolyot va vertolyotlarni qaytardi
Foto: TOLOnews
«Tolibon» harakati afg‘on uchuvchilari tomonidan qo‘shni davlatlarga olib qochib ketilgan bir necha samolyot va vertolyotlarni qaytardi, deb xabar bermoqda TOLOnews.
Rasmiylarga ko‘ra, afg‘on harbiy samolyotlari – samolyot va vertolyotlar qo‘shni davlatlardan qaytarilgan. Samolyotlarning aniq soni kabi batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Avvalroq, shimoliy Balx viloyatidagi Al-Fath korpusi qo‘mondoni Otaulloh Umariy samolyotlarni ortga qaytarishga harakat qilinayotganini ma’lum qilgandi.
«Xorijga olib kelingan samolyotlar mamlakatga qaytarildi. Davom etayotgan sa’y-harakatlar natijasida samolyotlarning bir qismi Afg‘onistonga olib kelindi», — dedi u.
«Tolibon» yana bir bor afg‘on uchuvchilarini uylariga qaytishga chaqirib, ularga hech qanday tahdid yo‘qligini ta’kidladi.
Balx harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Ziaul Haq Assimning aytishicha, texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yaqinda buzilgan samolyotni tuzatgan.
«Samolyot buzilgandi va Dubayga ta’mirlash uchun yuborilishi kerak edi. Lekin bizning muhandislarimiz va texnik xodimlarimiz samolyotni ta’mirlashdi», dedi Balx harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Ziaul Haq Assim.
Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Yoqubning aytishicha, «Tolibon» kuchli harbiy havo kuchlarini shakllantirish niyatida.
Avvalroq, «Tolibon» muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistonni avvalgi hukumat qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatdan olib chiqib ketgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirgani xabar qilingandi.
Bu haqdagi suhbat O‘zbekiston maxsus elchisi Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiyaning 1 dekabr kuni Kobulga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Afg‘on uchuvchilari «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga kiritishdan oldingi so‘nggi soatlarda O‘zbekiston va Tojikistonga aviatsiya texnikasining 25 foizini olib qochib ketgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»