16:08 / 07.12.2021
1 862

Amerikalik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan saqich ishlab chiqdi

Amerikalik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan saqich ishlab chiqdi
Foto: AP Photo
Amerikaning Pensilvaniya universiteti va boshqa bir qancha tashkilot olimlari koronavirus tarqalishini cheklashga yordam beradigan saqich ishlab chiqdi. Bu haqda Penn Today xabar berdi.

Ishlanma mualliflaridan biri Genri Daniyelning tushuntirishicha, virus so‘lakda ko‘payadi.

«Infeksiyalangan odam aksirganda, yo‘talganda yoki gapirganda, virus zarralari tashqariga chiqadi va atrofdagi odamlarga o‘tishi mumkin. Saqich so‘lakdagi virusni zararsizlantiradi — bu esa kasallikning bunday tarzda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikning oddiy potensial yo‘li», — dedi olim.

Mazkur texnologiya ACЕ2 oqsiliga asoslangan: boshqa mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu modda bilan ukol qilingandan so‘ng axvoli og‘ir bemorlarda virus yuki kamayishi mumkin. Odam organizmida ACЕ2 retseptorlari uchli koronavirus oqsili bilan ham bog‘lanadi. Daniyel va uning hamkasblari laboratoriyada ACЕ2 ni tayyorlagan va bog‘lanishni osonlashtiradigan boshqa modda bilan uni birlashtirgan. Ushbu ikki komponent asosida yaratilgan saqich ACЕ2 retseptorini bloklash yoki uchli oqsilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash orqali koronavirusni zararsizlantirishga qodir.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarning so‘lak namunalari ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, ushbu saqich so‘lakdagi virusli RNK darajasini samarali kamaytirgan.

Endi tadqiqotchilar saqichni klinik sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat olmoqchi.

Avvalroq Kembrij universiteti olimlari boshqa himoya choralarisiz atigi ikki metrlik ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda COVID-19 infeksiyasidan himoyalanish samaradorligini tahlil qilgandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar odam masofa saqlasa-yu, ammo niqob taqmasa, baribir koronavirusdan himoyalanmaydi. Olimlar yo‘talayotgan odamning og‘zidan uchib chiqadigan tomchilar uning atrofida qanday tarqalishini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, agar odam niqob taqmagan bo‘lsa, bu tomchilar, ayniqsa ular juda mayda bo‘lsa, ikki metrdan uzoqroqqa uchib ketishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan saqich ishlab chiqdi