23:12 / 07.12.2021
2 404

Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralar ikki soat davom etdi

Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralar ikki soat davom etdi
Foto: Mixail Metsel/POOL/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Baydenning videomuloqoti ikki soatdan sal ortiqroq davom etdi, deb xabar berdi RBK.

Muloqot himoyalangan videoaloqa kanali orqali yopiq rejimda o‘tkazildi.

Bayden suhbat avvalida Putin bilan Rimdagi G20 sammitida uchrasha olmaganidan afsusdaligini bildirdi va «yigirmatalik»ning kelgusi sammitida yuzma-yuz uchrashishga umid bildirdi.

O‘zaro muloqotning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmadi. Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Bayden «inqirozli mavzular»ni muhokama qilishini aytgandi.

O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy muammolar bo‘yicha suhbatlashishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralar ikki soat davom etdi