Foto: Getty Images
Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda tamaki iste’moliga qarshi kurashish bo‘yicha yangi reja tayyorladi, deb xabar berdi 20 Minutos nashri.
Nashrning ma’lumot berishicha, hukumat sa’y-harakati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgani sababli chekishga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rish kechikib ketgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga ko‘ra, ispaniyaliklarga mashina ichida sigaret chekish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, Ispaniya hukumati 2023 yilgacha tamaki tutunidan xoli hududlarni ko‘paytirishni rejalashtirgan. Chekishga qarshi kurashish choralari orasida shuningdek, tamaki mahsulotlariga soliq miqdorini oshirish ham ko‘rsatilgan.
Yevropa statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, yoshi 15dan oshgan har beshinchi yevropalik har kuni sigaret chekadi. Ularning uchdan ikki qismi kuniga bir qutidan kamroq, bir qismi esa bir qutidan ko‘proq sigaret chekadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar