Foto: Nijniy Novgorod prokuraturasi matbuot xizmati
2021 yilning 9 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ardatov tumani Ideal qishlog‘i yaqinidagi Ardatov–Arzamas mahalliy trassasida «Progress» MCHJga tegishli ish avtobusi va Kamaz rusumli yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan aloqa o‘rnatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l transport hodisasi vaqtida avtobusda ketayotgan 22 yo‘lovchining 13 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgani sababli 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nijniy-Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.
Ushbu avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshlarimizning ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli tegishli tibbiy xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng, shu kunning o‘zida ularga kasalxonadan javob berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi