Foto: «News.obozrevatel.com»
Amerikalik tadbirkor, Tesla bosh direktori va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘z ishini tashlab, bloger faoliyatini boshlash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Men ishimni tashlab, kun bo‘yi blogerlik bilan shug‘ullanish haqida o‘ylayapman», – deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.
Tadbirkorning obunachilari uning g‘oyasini yuqori baholadilar. Ulardan ba’zilari Maskga o‘zining YouTube-kanalini ochishni taklif qilishdi.
Shu bilan birga, tadbirkor avvalgi xabarida League of Legends onlayn kompyuter o‘yinidan kadrni e’lon qilgan edi. Shu munosabat bilan foydalanuvchilar Tesla rahbari strimerga aylanadi, deb taxmin qilishgandi.
8 dekabr kuni Mask AQSHning Kaliforniya shtati Xillsboro shahridagi villasi sotilganidan keyin rasman boshpanasiz qolgani haqida xabar bergandik.
Milliarder ko‘chmas mulkni 32 million dollarga sotgan, xaridorning ismi noma’lum. Shu bilan birga, villa tadbirkorning «so‘nggi uyi» bo‘lgan.
6 noyabr kuni Mask Tesla 934 ming donadan ortiq aksiyasini umumiy qiymati qariyb 930 million dollarga sotgani ma’lum bo‘ldi. Auksion yakunlari bo‘yicha kompaniya aksiyalarining qiymati har bir qimmatli qog‘oz uchun 1013,39 dollarni tashkil qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...