Foto: AFP
Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri Klod Gean noqonuniy ravishda mukofotlar to‘laganlikda aybdor deb topilib qamoqqa olindi. Bu haqda LCI telekanali xabar bermoqda.
Parij sudi Geanni politsiyaning gumondorlarni kuzatish harakatlari uchun ajratilgan fondidan o‘ziga va IIVning boshqa xodimlariga har oyda noqonuniy ravishda mukofot yozganlikda aybdor deb topdi.
2002-2004 yillar davomida to‘langan mablag‘ miqdori 210 ming yevroni tashkil etganligi aniqlangan. Fonddan har oyda 10 ming yevrodan olingan, uning yarmini Gean o‘ziga olib qolgan, yarmini esa uch nafar yordamchisiga bergan.
Sud unga ikki yillik qamoq (bir yili shartli) va 75 ming yevro jarima belgiladi. Bundan tashqari, unga besh yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi.
Klod Gean 2002 yilda ichki ishlar va iqtisodiyot vazirliklarida Nikolya Sarkozi ma’muriyati direktori bo‘lgan, 2011-2012 yillarda ichki ishlar, dengizorti hududlari, mahalliy boshqaruv va immigratsiya vaziri lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas