23:00 / 15.12.2021
4 083

AQSH harbiy kemasi lazer qurolini sinab ko‘rdi

AQSH harbiy kemasi lazer qurolini sinab ko‘rdi
Foto: «Vesti»
AQSHning «USS Portland» harbiy kemasi Adan ko‘rfazida lazer to‘pi prototipini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar 5-floti bergan xabarga ko‘ra, lazer nuri kema yaqinida suzib yurgan shartli nishonni kuydirib yuborgan.

«USS Portland» lazer qurolini ilgari Tinch okeanida sinab ko‘rgandi: 2020 yilning may oyida bu qurol uchuvchisiz boshqariladigan kichik qurilmani urib tushirgandi.

Ma’lumot uchun: «USS Portland» — suv sig‘imi 25 ming tonnalik desant kemasi. Bortiga bir paytning o‘zida havo yostig‘iga ega ikkita kater, 14 ta jangovar amfibiya-mashina va 600 dan ziyod dengiz piyodalarini sig‘dira oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo