BMT Oziq-ovqat dasturining Afg‘onistondagi ocharchilik haqidagi ma’lumotlarini «Tolibon» harakati tanqid qildi.
Shu hafta boshida Jahon oziq-ovqat dasturining Afg‘oniston bo‘yicha direktori Meri-Ellen Makgroarti mazkur mamlakatda 22,8 million kishi muntazam ravishda to‘yib ovqatlanmasligini va 8,7 million kishi ochlikdan azob chekayotganini aytgan edi.
«Men bu raqamlarga qo‘shilmayman va Afg‘oniston xalqi ham qo‘shilmaydi deb hisoblayman», – dedi «Tolibon» hukumati rahbari Abdusalom Hanafiy. Uning aytishicha, hozircha Afg‘onistonda hech kim ochlikdan o‘layotgani yo‘q.
Dekabr oyi boshida Xalqaro qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratishga chaqirgan edi. Qayd etilishicha, Afg‘oniston o‘z tarixidagi eng dahshatli qurg‘oqchilik va oziq-ovqat tanqisligi panjasida turibdi, bu esa qahraton qishda millionlab afg‘on uchun misli ko‘rilmagan gumanitar falokatiga aylanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi