20:33 / 16.12.2021
4 786

Hamid Karzay toliblardan Kobulni tezroq egallashlarini so‘raganini aytdi

Hamid Karzay toliblardan Kobulni tezroq egallashlarini so‘raganini aytdi
Foto: AP
«Tolibon» vakillari 15 avgust kuni Kobulga Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning taklifi bilan kirgan. Bu haqda Karzayning o‘zi «Assoshieyted Press» agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Intervyuda aytilishicha, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Kobulni tark etgani ma’lum bo‘lgach, Karzay «xalqni himoya qilish uchun» toliblardan poytaxtga kirishlarini so‘ragan.

«O‘shanda poytaxtda hech kim qolmagandi: na rasmiy hukumat, na politsiya boshlig‘i, na harbiy qismlar qo‘mondonlari. Men toliblardan shaharga kirishlarini va aholini himoya qilishlarini, mamlakat va shaharni boshboshdoqlikdan, mamlakatni talashi mumkin bo‘lgan guruhlardan saqlashlarini so‘radim», — dedi u.

«Tolibon» harakati 15 avgustdan 16 avgustga o‘tar kechasi Kobulni jangsiz o‘z nazoratiga olgandi.
Karzay 2001 yil dekabrdan 2014 yilgacha Afg‘onistonni boshqargan. U hozirda Kobulda yashaydi.

Ashraf G‘ani esa oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgani xabar qilingan. U hozirga qadar rasman iste’fo bermadi. Shu bilan birga, Afg‘onistonning sobiq birinchi vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan. U ham mamlakat tashqarisidan panoh topgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hamid Karzay toliblardan Kobulni tezroq egallashlarini so‘raganini aytdi