AQSHda 14 dekabrda Luiziana shtatidagi serqatnov avtomobil yo‘llaridan biriga vertolyot quladi. Vertolyotning qulashi yo‘lda ketayotgan mashinalardan birining kamerasida muhrlangan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, Bell 407 rusumidagi vertolyot Bonnet-Karre-Spilvey ko‘prigi yonida qulagan va yonib ketgan. Vertolyotda uchuvchidan boshqa hech kim bo‘lmagan va u voqea oqibatida halok bo‘lgan.
Halokat sababli avtomobil yo‘li orqali harakat qisman to‘sib qo‘yilgan. Bundan tashqari, vertolyot qulashi vaqtida elektr ta’minoti liniyasiga shikast yetkazgan va buning oqibatida yaqin orada yashovchi 20 mingga yaqin odam elektrsiz qolgan.
AQSH fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi halokat yuzasidan tergov o‘tkazadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar