12:26 / 20.12.2021
1 770

«Ashraf G‘ani amerikaliklarga ishonmay qo‘ygandi...»

«Ashraf G‘ani amerikaliklarga ishonmay qo‘ygandi...»
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani avgust oyida amerikaliklardan mamlakatdan qochib ketganini ataylab yashirgan, chunki ularga ishonmay qo‘ygandi. Afg‘oniston sobiq rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Hamdulloh Muhib CBS telekanaliga bergan intervyusida ana shunday dedi.

Uning aytishicha, Ashraf G‘ani Qo‘shma Shtatlar uning “Tolibon” qo‘liga tushishiga qarshilik qilmasligidan qo‘rqqan.

G‘ani va uning atrofidagilar, jumladan, Muhib Afg‘oniston poytaxtidan toliblar u yerga kirishidan biroz oldin chiqib ketgan. Ular mingan vertolyotlar amerikaliklar payqamasligi va qayerga ketayotganliklarini bilmasliklari uchun past balandlikda uchgan.

Aynan shunday bo‘ldi, – deya tasdiqladi Muhib muxbirning bu haqdagi savoliga javob qaytarar ekan va shunday izohladi. – Ishonch yo‘qolgan edi”.

Hamdulloh Muhibning so‘zlariga ko‘ra, u toliblar Kobulni egallashidan bir kun oldin amerikaliklarga murojaat qilib, “Agar hokimiyatni “Tolibon”ga topshirish amalga oshmasa, bizni olib chiqib ketasizlarmi?” deb so‘ragan. Amerikaliklar esa o‘zlariga hech qanday majburiyat olmasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ashraf G‘ani amerikaliklarga ishonmay qo‘ygandi...»