07:57 / 21.12.2021
1 443

Chilini mamlakat tarixidagi eng yosh prezident boshqaradi

Chilini mamlakat tarixidagi eng yosh prezident boshqaradi
Foto: «AA»
Chilidagi prezidentlik saylovi ikkinchi turidan so‘ng 35 yoshli Gabriel Borik g‘alaba qozondi.

Mamlakat Saylov xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 99,9 foizi hisob-kitob qilinganidan so‘ng, «Qadr-qimmatni qadrlayman» so‘llar koalitsiyasi nomzodi Gabriel Borik uchun saylovchilarning 55,87 foizi ovoz bergani oydinlashdi.

Shu tariqa Borik Chili tarixidagi eng yosh prezidetga aylandi.

Uning raqibi — Respublikachilar partiyasi vakili Xose Antonio Kasta 44,13 foiz ovoz to‘pladi. Yakuniy natijalarni bilganidan so‘ng, Kasta Borikni ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘alaba bilan tabriklab, konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga shayligini bildirdi.

2022 yilning 11 martidan rasman Chili prezidenti sifatida faoliyatga kirishadigan Gabriel Borik 2022–2026 yillarda mamlakatni boshqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chilini mamlakat tarixidagi eng yosh prezident boshqaradi