Foto: Kobul ma’muriyati veb-sayti
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati a’zolari Kobul ko‘chalarida qolgan yuzi ochiq ayollarning suratlarini yo‘q qilishni boshladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati amaldorlariga tayanib, Aamaj News xabar berdi.
Kobul ma’muriyatining veb-saytida aytilishicha, ayni damda «g‘ayriislomiy fotosuratlar»ni o‘chirish jarayoni davom etmoqda.
«Tolibon» Afg‘oniston poytaxtini egallab olishidan oldin, masalan, to‘y salonlarining oynalariga yuzlari, soch va qo‘llari ochiq ayollarning suratlarini yopishtirish, hind va turk filmlari namoyish etiladigan kinoteatrlarning afishalariga aktrisalarning ko‘pincha ochiq kiyimdagi tasvirlarini tushirish juda keng tarqalgan amaliyot edi.
Bundan tashqari, shahar markazidagi beton devorlarga chizilgan ko‘plab tasvirlar, jumladan, qiz va ayollarning yuzi ochiq holdagi suratlari 20 yil davomida xorij qo‘shinlariga mezbonlik qilgan Kobulning o‘ziga xos belgisiga aylangandi.
Afg‘oniston poytaxtini qo‘lga kiritgach, «Tolibon» jangarilari ayollar tasviri tushirilgan chizmalar va afishalarni bo‘yab tashlashni boshladi. Biroq keyinchalik bu jarayon to‘xtatilgan. Endi, aftidan, «Tolibon» poytaxt ko‘chalaridagi ayollarning suratlaridan butunlay xalos bo‘lmoqchi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)