1 542
Shotlandiyada XVI—XVIII asrlarda jodugarlikda ayblanib, qatl qilingan ayollar afv etiladi
Foto: Hisour
Shotlandiya parlamentining a’zolari yuz yillar avval jodugar deb hisoblangani va go‘yoki kuchli afsun qilgani uchun o‘limga hukm qilingan ayollarni oqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Unda hukumat nomidan rasmiy uzr so‘rash va sehr-jodu bo‘yicha olib borilgan sud jarayonlarining qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatish nazarda tutiladi, deya xabar berdi The Sunday Times.
Afv etish jarayoni 1563—1736 yillardagi hukmlarga tegishli bo‘ladi. O‘shanda ayollarni mutlaqo yot narsalarda ayblashgan: fol ochish, tunda itga aylanish, afsun bilan bo‘ron chaqirish va shaytonlar bilan muntazam uchrashish orqali qirollik flotiga zarar yetkazish kabi. Jodugarlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, barcha mahkumlar gulxanda yoqish bilan o‘limga hukm qilingan.
Qonun loyihasini parlamentga taqdim etish tashabbusi qirollik advokati va «Shotlandiya jodugarlari» guruhining rahbari Kler Mitchell tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lib, u o‘rta asr hukmlarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori. Mitchellning qarorini qo‘llab-quvvatlagan Shotlandiya milliy partiyasi deputati Natali Donning aytishicha, qonun loyihasi 2022 yilning yozida qabul qilinishi mumkin. «Ushbu xatoni tuzatishga kech emas. Nohaq ayblangan odamlar kechirimga loyiq ekani — haqiqat», — deydi u.
Jodugarlik qonuni 1597 yilda Shotlandiya qiroli Yakov VI tomonidan qabul qilingan. Sehrgarlikda ayblangan barcha ayollar o‘limga hukm qilingan. Britaniya hududida sud jarayonlari VIII asr o‘rtalarigacha davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)