Foto: Getty Images
Shri-Lanka hukumati Eron yetkazib bergan neft uchun qarzini choy bilan uzishni taklif qildi. Bu haqda respublika plantatsiyalar vaziri Ramesh Pathiranga tayanib BBC News xabar berdi.
Shri-Lanka neft uchun Erondan 251 mln dollarga yaqin qarz bo‘lgan. Ammo ikkita sabab tufayli qarzni uzish masalasida muammo mavjud. Birinchidan,Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar kiritilgani sababli bu mamlakat banklariga pul o‘tkazish imkoni yo‘q. Choy esa BMT tomonidan birinchi ehtiyoj mahsulotlari toifasiga kiradi va uni Eronga eksport qilish xalqaro qonunlarga zid bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, Shri-Lanka turizm sohasidagi inqiroz bois jiddiy valyuta inqirozini boshidan kechirmoqda. Dollar emas, choy bilan hisob-kitob qilish mamlakatga xorijiy valyutani tejash imkonini beradi.
Shri-Lanka Eronga har oyda 5 mln dollarlik choy yetkazib berishni taklif qilmoqda. Mamlakatda yiliga 340 mln tonnaga yaqin choy ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)