Foto: «RIA Novosti»
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida «Tolibon» hukumatining mulozimlari shifokorlarga erkaklar hamrohligisiz qabuliga kelgan bemorlarni davolashni taqiqladi. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.
Ilgari ayollar kasalxonalarga qarindoshlari hamrohligida kelishi mumkin edi. Biroq «Tolibon» komissiyasi ayollarning erkaklar boshchiligisiz kasalxonaga borishini «noqonuniy va axloqsiz» deb topdi. Shifokorlarga bunday bemorlarga yordam bermaslik, kasalxonaga yotqizmaslik talabi qo‘yilgan.
Nashrning Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi ta’kidlashicha, ushbu taqiq Islomiy fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarni yo‘qotish vazirligi orqali Afg‘onistonning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etilmoqda.
Dekabr oyi o‘rtalarida mazkur vazirlik ayollarga jamoat joylarida yuzi ochiq bo‘lishini taqiqlash to‘g‘risida qaror chiqargandi. Afg‘onistonlik ayollarga endi faqat to‘q rangdagi burqa (paranji) yoki ko‘z qismida tirqishi bo‘lgan niqob kiyishga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida hokimiyatga kelganidan so‘ng toliblar ayollarning tanasini butunlay yopadigan burqa emas, balki yuzlarini ochiq qoldiradigan hijob kiyishi mumkinligini e’lon qilgandi. O‘shanda ayollarga o‘qish va ishlash uchun ruxsat berilishi, ularning boshqa huquqlari buzilmasligi aytilgan.
Biroq «Tolibon» hukumatining harakatlari bayonotlariga tobora zid kelmoqda, deyiladi xabarda. «Tolibon» hukmronligining 4 oyi davomida ayollarning deyarli barcha huquq va erkinliklari cheklandi: ularga ommaviy axborot vositalarida, davlat tuzilmalarida ishlash, o‘z biznesiga ega bo‘lish, sport bilan shug‘ullanish, filmlarda rol o‘ynash, universitetlarda o‘qish taqiqlandi. Afg‘onistonning aksariyat viloyatlarida o‘rta va katta sinfdagi qizlar maktablari yopildi.
«Tolibon» Ayollar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatdi, oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar uchun barcha boshpanalarni yopdi, ayollar ishtirokidagi filmlar namoyishini taqiqladi, deya qayd etgan Etilaatroz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi