13:15 / 25.12.2021
2 694

“Tolibon” o‘z safini tozalashga kirishdi

“Tolibon” o‘z safini tozalashga kirishdi
“Tolibon” tuzgan Tozalash komissiyasi harakatning obro‘siga putur yetkazgan 1895 a’zoni aniqladi. Bu haqda “Tolibon” harakati matbuot kotibi Inomulloh Samangoniy Tvitteradagi sahifasida ma’lum qildi.

Ayrim toliblarning o‘zboshimchaliklari haqida fuqarolardan ko‘p sonli shikoyatlar kelib tushgach, bir oy oldin Tozalash komissiyasi tuzilgan edi. Komissiya “Tolibon” tuzgan Mudofaa vazirligiga bo‘ysunadi, uning asosiy vazifasi harakat safida bo‘lgani holda uning nomiga dog‘ tushirayotgan shaxslarni aniqlashdir.

Samangoniyning aytishicha, ayrim “zararkunandalar” hibsga olingan va ularning ishi sudga oshirilgan.

“Tolibon” harakati avgust oyi o‘rtalarida Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, avvalgi hukumatning sobiq amaldorlari va xavfsizlik xodimlariga qarshi qatag‘on uyushtirmaslikka va’da bergan edi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ag‘darilgan hukumatda ishlagan yoki Afg‘onistondagi yigirma yillik missiyasi davomida xorijiy qo‘shinlar bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning hibsga olingani va o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” o‘z safini tozalashga kirishdi