19:45 / 25.12.2021
1 442

Trampni ulug‘lagan fitna nazariyasi tarafdorlari va vaksinalarga qarshi chiquvchilar endi uni sotqin deyishmoqda

Trampni ulug‘lagan fitna nazariyasi tarafdorlari va vaksinalarga qarshi chiquvchilar endi uni sotqin deyishmoqda
Foto: Getty Images
Donald Trampning ko‘plab tarafdorlari, xususan, QAnon va boshqa fitna nazariyasi vakillari ortiq uni qo‘llab-quvvatlamayapti va AQSH sobiq prezidentining buster vaksinasi bilan emlanganini bilganlarida keyin uni keskin tanqid qilishga o‘tdi. Bu haqda Rolling Stone nashri ma’lumot bergan.

Tramp ilk bor AQSH prezidenti sifatida ishlayotgan davrida koronavirusga qarshi emlangan, biroq hozirgi davlat rahbari Jo Baydendan farqli ravishda vaksinani omma oldida qabul qilmagan va vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlar ishonchini yo‘qotmaslik uchun emlanganligi haqida gapirmagan. Shunga qaramay Tramp har safar vaksinalarning ishlab chiqilishida hissasi borligi, preparatlar aynan u AQSH prezidenti bo‘lgan vaqtda tayyorlanganini ta’kidlagan, administratsiyasi jarayonda bevosita ishtirok etgani haqida ko‘p marta maqtangan.

Avgust oyida Tramp buster vaksinalaridan foydalanish g‘oyasini tanqid qilgan va mazkur operatsiya Pfizer uchun pul ishlash imkonini berishi haqida gapirgandi. Sentabrda uning bu boradagi sersavolligi kamaydi va u busterlarga qarshi emasligi, biroq o‘zi bunday tartibda emlanmasligini aytgan. Ammo 21 dekabrda Tramp Dallasda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda buster vaksinasini qabul qilganini bildirgan.

Olomon Trampning so‘zlarini yoqimsiz shovqin bilan qarshilagan. Sobiq prezident bunga qo‘l siltagan va mazkur norozilik hayqiriqlari hammaning emas, balki zalning chap tomonidagi juda kichik bir guruh odamlardan chiqqanini aytgan. Shuningdek, u o‘z so‘zlarini takrorlab, AQSH prezidenti bo‘lgan vaqtida vaksina yaratilib, butun dunyoda millionlab odamlar hayotini saqlab qolinganini ta’kidlagan. Bir necha kundan keyin Trampning gapirgan gapi Dallasdagi jumlasidan ham oshib tushdi, u COVID-19 ga qarshi vaksinani insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri deb atadi.

Rolling Stone nashrining yozishicha Trampning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda konservativ kayfiyatdagi ultrao‘nglarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi vaksinalarning zahar ekanligi va ular orqali farmasevtik kompaniyalar odamlarni zaharlab pul topishi haqidagi fitna nazariyasiga ishonadi. Omma orasida aynan shu nazariyaga ishonuvchi odamlar Trampni qo‘llab-quvvatlashardi, QAnon nazariyasiga ishonuvchilar uchun AQSH sobiq prezidenti dunyoni zo‘ravonlar lobbisidan qutqargan qahramon edi.

Endi ayrim izoh qoldiruvchilar mazkur gaplardan keyin Tramp hamda uning Respublikachilar partiyasi «ma’naviy ustunligiga» va ularga nisbatan xalqning ishonchiga putur yetkazishi, odamlar endi ularga Jo Bayden hamda demokratlarga ishonganchalik ham ishonmasligi haqida fikr bildirgan. Shuningdek, Tramp tarafdorlari uning boshqaruvi davrida COVID-19 bilan bog‘liq falokat sahnalashtirilgani va ommalashtirilganini qayd etgan. Vaksinalarga qarshi bo‘lgan foydalanuvchilarning jamiyatlarida Nyu-Yorkdagi Trump Tower binosida joylashgan Trump Grill restoraniga koronavirusga qarshi emlanmaganliklari uchun kiritilmayotgani haqidagi videolar tarqalgan. Mazkur harakat ham ular uchun sobiq prezidentni sotqinga aylantirdi.

COVID-19 vaksinalariga qarshi chiqadigan taniqli faollardan biri, Infowars loyihasi muallifi Aleks Jons Trampning o‘zining dushmanlari ro‘yxatiga kiritgani haqida ochiq yozgan.

«Biz bu yerda Bill Geyts, Fauchi va Jo Bayden bilan jang qilyapmiz, endi ularning jamoasiga Tramp ham qo‘shildi», – deb yozgan Jons.

QAnon loyihasi asoschilaridan biri Ron Uotkins garchi Trampni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanqid qilmagan bo‘lsa ham Donaldning buster haqidagi gaplaridan keyin vaksinalarga qarshi chiquvchilarni dadil bo‘lishga, qo‘rqmaslikka va hech kimga bo‘ysunmaslikka chaqirgan.

Umuman olganda, fitna nazariyasiga ishonadigan barcha Tramp tarafdorlarining buster vaksinasi haqidagi bayonotdan keyin hafsalasi pir bo‘ldi deb aytish qiyin, deya qayd etgan Rolling Stone. 2020 yildagi saylovlardagi natijalarni bekor qilish uchun kurashgan kampaniyaning markaziy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan advokat Lin Vud sobiq prezidentni ushbu gaplari uchun tanqid qilmaslikni so‘ragan.

«Men prezidentning g‘alabaga erishish uchun ishlab chiqqan strategiyasi va uslubi borasida bir to‘xtamga kelishdan oldin barcha faktlar ma’lum bo‘lmagunigacha kutishimiz kerak, deb hisoblayman», — deb yozgan Vud Telegram’da.

QAnon loyihasining muxlislari Trampning bu kabi shov-shuvli bayonotlaridan keyin ko‘pincha bunday gaplar uzoqni ko‘zlab tayyorlangan rejaning bir qismi ekani, mantiq ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng oshkor bo‘lishini taxmin qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampni ulug‘lagan fitna nazariyasi tarafdorlari va vaksinalarga qarshi chiquvchilar endi uni sotqin deyishmoqda