«Tolibon» ayollar uchun navbatdagi cheklovni joriy etdi

«Tolibon» ayollar uchun navbatdagi cheklovni joriy etdi
FOTO: JAVED TANVEER/AFP
Afg‘onistonning odob-axloq targ‘iboti va illatlarning oldini olish vazirligi transport vositalari egalari uchun yangi qoida chiqardi, unga ko‘ra, 72 kilometrdan olis masofaga ayollarni erkak qarindosh hamrohligisiz eltish taqiqlanadi. Bu haqda «Al Jazeera» xabar berdi.

Vazirlik vakili Sodiq Oqif Muhojirning ta’kidlashicha, hamrohlik qiluvchi erkak kishi yaqin qarindosh bo‘lishi shart.

«Tolibon», shuningdek, transport vositalari egalariga faqat hijobdagi ayollarga xizmat ko‘rsatish haqida ko‘rsatma bergan.

Bundan tashqari, jamoat transportida musiqa qo‘yish man etiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar