Foto: RBK
Buyuk Britaniya xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri Demian Haynds Rossiya, Xitoy va Eronni, ularning razvedka va kiberhujumlar borasidagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, Birlashgan Qirollikka nisbatan dushman kayfiyatidagi mamlakatlar deb atadi. Bu haqda «The Telegraph» xabar berdi.
«Men tilga olgan uch mamlakat jismoniy inson salohiyatiga ega, kibermakonda katta o‘rin tutadi, ular o‘z kuchlarini istalgan ko‘lamda joylashtira oladi», — ta’kidladi vazir.
Moskva, Pekin va Tehronning dushmanona faolligi, yolg‘on ma’lumot tarqatish kampaniyalaridan tashqari, kutish tartibidagi ko‘plab josuslar va askarlar mavjudligida aksini topadi, qo‘shimcha qildi Haynds.
Britan vaziri to‘rtinchi dushman mamlakat sifatida KXDR (Shimoliy Koreya)ni tilga olgan.
Vazir bu davlatlardan kutilayotgan xatarlarga qarshi kurashish uchun chet el josuslari to‘g‘risidagi qonunni yangilash kerak degan fikrda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi